locale OZ

Correa \"Atletiko\"ni tark etishini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Correa "Atletiko"ni tark etishini e'lon qildi
Photo: Getty Images

"Atletiko" hujumchisi Anxel Correa mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Argentinalik 30 yoshli futbolchi "Betis"ga (4:1) qarshi o‘yindan so‘ng bu haqda muxlislarga murojaat qildi.

"Bugun men o‘zim yaxshi ko‘rgan klub libosida so‘nggi uy uchrashuvimni o‘tkazdim. Bu shunchaki bir kun emas, balki doimiy his-tuyg‘ular va minnatdorlik oqimi edi.

Klubga, jamoadoshlarimga va aql bovar qilmaydigan muxlislarga rahmat. Men har bir olqishni abadiy eslayman", — dedi Correa.

Ma’lumot uchun, Correa "Atletiko" safida 10 yildan ortiq vaqt davomida to‘p surdi, 465 ta o‘yinda maydonga tushib, 88 ta gol urgan va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi faoliyatini "Tigres" jamoasida davom ettirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting