locale OZ

Chuameni «Real»da qoladi — manba

Klub futbolchini sotish masalasini ko‘rib chiqmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chuameni «Real»da qoladi — manba
ФОТО: Getty images

Fransiyalik yarim himoyachi Aurelien Chuameni yozgi transfer oynasida “Real”ni tark etmaydi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, madridliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelasi mavsumda Chuameniga asosiy tarkibdan doimiy o‘rin berishni rejalashtirgan. Shu bois klub futbolchini sotish masalasini ko‘rib chiqmayapti.

Bu qaror “Manchester Yunayted” va “Liverpul” uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Har ikki klub ham yoz davomida vaziyatni diqqat bilan kuzatib, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini baholab kelayotgan edi.

Avvalroq “Real” markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun Enso Fernandes va Rodri nomzodlarini o‘rgangan, ammo ushbu transferlar amalga oshmagan. Shundan so‘ng Mourinyo asosiy e’tiborni himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaratdi.

Shuningdek, Chuamenining o‘zi ham transfer talab qilmagan va “Real”da asosiy tarkibdan mustahkam joy egallashni maqsad qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting