locale OZ

Chuameni jarohati sabab uch haftaga safdan chiqdi

Fransiyalik futbolchi xalqaro tanaffusni oʻtkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chuameni jarohati sabab uch haftaga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Aurelian Chuameni jarohat sababli uch hafta davomida jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Klubning rasmiy bayonotiga koʻra, 25 yoshli fransiyalik futbolchida chap oyogʻining yarim pay mushagida shikastlanish aniqlangan.

Shu tariqa, Chuameni 9 noyabr kuni «Rayo Valekano»ga qarshi La Liganing 12-tur uchrashuvini oʻtkazib yuboradi. Shuningdek, u Fransiya milliy jamoasiga ham chaqirilmaydi. «Real» tibbiyot xodimlari futbolchi 26 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Chempionlar ligasi doirasidagi «Olimpiakos»ga qarshi bahsga qaytishiga umid qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Chuameni joriy mavsum Ispaniya chempionatida 11 ta, Chempionlar ligasida esa 4 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting