ChL. PSJ mehmonda Bavariya bilan durang o'ynadi va finalga yo'l oldi
UEFA chempionlar ligasi yarimfinal javob o'yini bahsi doirasidagi Bavariya - PSJ o'yini bo'lib o'tdi.
«PSJ» «Bavariya» bilan safarda durang qayd etdi va Parijdagi g‘alaba evaziga qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi.
Myunxen klubini turnirni tark etgach, Yevropada hech bir jamoada trebl qilish imkoniyati qolmadi.
Amaldagi chempion 30 may kuni «Arsenal»ga qarshi finalda chempionlik unvonini himoya qiladi.
YECHL. Yarimfinal
Bavariya — PSJ 1:1
6 may, «Alyans Arena»
Gollar: Keyn (90+3) — Dembele (3).
Bavariya — Noyer, Stanishich (Devis, 67), Upamekano (Karl, 85), Ta (Kim, 68), Laymer, Kimmix, Pavlovich, Olise, Musiala (Jekson, 79), Dias, Keyn.
PSJ — Safonov, Zair-Emeri, Markinos, Pacho, Mendesh (Mayulu, 85), Vitinya, Ruis (Beraldo, 86), Nevesh, Due (Ernandes, 76), Kvaratsxeliya, Dembele (Barkolya, 65).
Ogohlantirishlar: Mendesh (8), Ta (33), Kvaratsxeliya (45+3), Dias (78), Markinos (86).
Birinchi o‘yin — 4:5.