ChL. O'ziga hos gollar shousiga aylanib ketgan bahsda Barselona mag'lubiyatdan qutilib qoldi
Yevropa Chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan Bryugge hamda Barselona jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda muxlislar 6 ta gol ko'rishdi. O'ziga hos gollar shousiga aylanib ketgan bahsda Barselona mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Uchrashuvda Forbs dubl qayd etdi. Yamal esa bir marta raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyingi harakat avtogol deb hisoblandi.
CHL. 4-tur. 5 noyabr
Bryugge – Barselona 3:3
Gollar: Tresoldi (6), Forbs (17, 64) — Torres (8), Yamal (61), Solis (77, avtogol).
Bryugge — Yakers, Sabbe, Ordonez, Mexele, Seys, Stankovich, Onidika (Audor 84, Vetlesen 87), Forbs (Diaxon, 78), Vanaken, Solis, Tresoldi (Verman, 78).
Barselona — Shesni, Kunde, Arauxo, Garsiya (Kubarsi, 90+3), Balde (Martin, 90+3), Kasado (Olmo, 58), De Yong, Yamal, Fermin, Reshford (Barji, 83), Torres (Levandovski, 58).
Ogohlantirishlar: Onidika (32), Kunde (47), Yamal (81), Diaxon (81), Fermin (85).