locale OZ

ChL finaldan avval PSJ bosh murabbiyi nimalar dedi?

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
ChL finaldan avval PSJ bosh murabbiyi nimalar dedi?
Photo: gettyimages

UEFA chempionlar ligasi final o'yinidan avval PSJ ustozi Luis Enrike matbuot anjumanida qatnashib jurnalistlar savollariga javob qaytardi:

"Biz finallarda o'ynashga o'rgangan jamoamiz. Biz uchun odat tusiga kirgan va allaqachon tajriba to'plagan har doimgi jarayondamiz. Ruhlantirish muhim, lekin biz ko'nikkanmiz.

Futbol madaniyati universaldir. Bu qandaydir bir ayni millat haqida emas. Fransiya jamoalarini yengdik, ingliz klublari to'sig'idan o'tdik va mana endi Italiya jamoasi bilan bellashamiz. Ular yuqori darajadagi jamoa.

Bizning g'oya har qanday turdagi o'yin uslubiga tayyor turish. Bu final. Biz to'pni nazorat qilish hamda jamoani boshqarishga tayyorlandik. Biz kuchliqmiz deb hisoblagan jihatlarimiz haqida o'ylaymiz.

Xohish boshlaganimizdan beri bor, balki siz uni avvalroq ko'rishni xohlamagandirsiz. Men boshidan beri bir xil insonman. Hech narsani o'zgartirganim yo'q. Hozir bizdagi ishtiyoqni ko'rayotganizdan xursandman. Har doim kuchli taraflarimizdan foydalanishimizga ijobiy qaraganman.

Hozir o'n yoshga ulg'aydim. Hozir tajribaliroqman. Futbolchilarim tarix yoza olishadi. Ortiqcha hissiyotlar yo'qligiga ishonchim komil. Biz tayyormiz va “Inter” ham o'zlarini shunday deb hisoblaydi.

O'yinni tahlil qilish va o'qishni har doim ikki yo'li bor. Futbolda o'yin natijasini oldindan tahmin qilish har doim qiyin bo'lgan. Tajriba bo'lishi muhim deb o'ylayman. Bizni bosib o'tgan yo'limizni murakkabligi jamoa sifatida yanada kuchliroq qiladi. Turli xil past-balandliklardan o'tdik. Bu kabi finallarda o'ynashga odatlanganmiz. Yevropaning eng zo'r klublariga qarshi o'ynadik va bu yo'lda haqiqiy finallarda ham qatnashdik. Biz tayyormiz va qo'rqmaymiz.

Dembele oltin to'pni qo'lga kiritishi mumkin. Unga kattakon rahmat. Mening buyuk jamoam bor. Maqsadimizga yetishimiz uchun hammasini amalga orisha olamiz deb o'ylayman. Qarshi fikrlar bo'lishi mumkin. Ba'zida xatolarga yo'l qo'ydik. Lekin, faoliyatimdagi darslar orqali hozir o'zimni hotirjam his qilaman.

Bilmadim.. Balki bu sodir bo'ladi. ammo, primyer-liga darajasi haqida ham o'ylashingiz kerak. Bu mavsumda bir nechta ingliz jamoalari bilan o'ynadik va bu bahslar juda ham qiyin bo'ldi. Shunday bo'lsada bu kabi bellashuvlar orqali o'z o'yinimizni yanada shakllantira oldik.

Inter”ning himoyasi haqida gapirsam hammasi juda ham oddiy. Jarima maydonchasi atrofida va ichida juda zich joylashadi hamda deyarli bo'sh joy qoldirmaydi. Raqibda ko'plab individual futbolchilar, shuningdek himoya va hujumda yuqori darajali futbolchilar bor",-deydi mutaxassis

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting