ChL finaldan avval \"Inter\" bosh murabbiyi nimalar dedi?
Bir necha soatdan kamroq vaqt qolmoqda va undan keyin to'p maydon markazidan dumalashni boshlaydi. “Inter” finalda ishtirok etish uchun Germaniyaga yetib keldi. Jamoa bosh murabbiyi Inzagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob berdi:
Ikki yil avvalgi finaldan nima o'zgardi?
“Ikki yil avvalgi finaldan o'zgarish hozirgi kunda finalga bo'layotgan tayyorgarlikda. Keyin, har bir o'yinning o'zini tarixi bor ekanligini bilamiz. Har bir ikr-chikrlarga ham ehtiyotkorlik bilan qarashga harakat qilyapmiz. Yigitlar tayyor. Barcha futbolchilar tanlanganlar va ulani murabbiyi ekanligimdan faxrlanaman”
Chempionlar ligasi tsiklning oxiri bo'lishi mumkinmi?
“Kelajak sifatida, ertaga o'yinimiz bor. Ertaga Prezident bilan uchrashamiz hamda ”Inter"ning yaxshiliklari uchun suhbatlashamiz. Har bir bahs uchun ulkan emotsiyalarni his qilaman. Chempionlar ligasi biz ko'proq munosib bo'lgan qandaydir o'zgachalikdir, chunki biz juda ko'p qiyinchiliklarni yengib o'tdik. So'nggi qadam qoldi. Bu bolalarga nimadir ayta olmaysiz, chunki ular har doim nimadir bera olgan va ertaga ham buni uddalay olishadi.
Luis Albertoning aytishicha sizga past baho berishmoqda, shu to'g'rimi? “Inter”ga ham shunday munosabat qilishmoqdami?
“U menga juda ham ko'p ishonch va qoniqish bergan futbolchi hisoblanadi. Menga ham ”Inter"ga ham bunday munosabatlar qilinyapganidan xabarim yo'q. Shuni bilamanki, bu guruh bizga juda ko'p narsa bera oldi va biz maydonga hamma narsani berish uchun chiqamiz. Bolaligimda har doim orzu qilgan finalda qatnashadigan hozirgi “Inter”dan faxrlanaman.
Italiya chempionligi qo'ldan boy berilgani haqida o'ylamaslik qanchalik muhim va nima sodir bo'lgan edi?
Psixologik tomondan muhim. Yigitlar yaxshi mehnat qilishdi. Bu tushkunlik holati bizni tark etib ulgurdi. Tarkib borasida hali ham bir qarorga kelganim yo'q. Men xohlagan narsa bu konsentratsiya.
PSJning ustun jihatlari nimalar va bu narsani yo'qqa chiqarish uchun qanday rejalar bor?
“Murabbiy har doim o'yinni miyyasida tasavvur qiladi, ammo hayotda har safar ham o'ylaganlari amalga oshavermaydi. PSJ hozirgi kunda to'pga egalik qilish bo'yicha Yevropada birinchi o'rinda tursa, biz ham eng zo'rlar qatoridamiz. Tehnik jihatdan yaxshi o'ynashimiz hamda ulardan to'pni olib qo'yish uchun yaxshi driblingga ega bo'lishimiz kerak, shuningdek yana boshqa muhim jihatlar ham bor”
Povardning ahvoli qanday? Uni dastlabki daqiqalardan boshlab maydonga tushura olasizmi?
“Holati yaxshi. Mashg'ulotlarda borini berdi va hissiyotlari ham ijobiy. Agar u o'zini yaxshi his qilsa, albatta o'ynaydi. Chunki Povard biz uchun muhim futbolchi”
Ehtiyotkorlik shior bo'la oladimi?
“Yugurish, iroda, agressivlik kabilar ham muhim. Har bir detalga ehtiyotkorlik bilan e'tibor qilishimiz kerak, chunki ular ham huddi biz kabi finalga yetib kelganini bilamiz”
Ertangi tungi natija kelajak haqidagi baholarni qanday o'zgartirishi mumkin?
“G'alaba va mag'lubiyat o'rtasida juda katta farq bor. Biz buni juda yaxshi bilamiz. Eng katta istagimiz muhlislarimizga ulkan qoniqishni bera olishimizdir. Manchesterda boshlagan ishimizni shu yerda tugatishni xohlaymiz"
"Finalga qanday yetib kelish borasida tajriba to'pladik va uni a'lo darajada uddaladik. Bu uchrashuvda yaxshi tayyorlangan jamoaga qarshi o'ynashimizni bilgan holda, ularga qarshi ishtiyoq bilan o'ynashimiz kerak. O'z qurollarimizni ishga solamiz. Shu yergacha yetib keldik va to'xtashni xohlamaymiz",-deydi mutaxassis