locale OZ

Chempionlar ligasining yangi mavsumida kim g'olib bo'lishi taxmin qilindi

Turnir finali 2027 yil 5 iyun kuniga belgilangan.
Chempionlar ligasining yangi mavsumida kim g'olib bo'lishi taxmin qilindi
ФОТО: Getty images

Polymarket platformasi 2026/27 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida g'olib chiqishi mumkin bo'lgan jamoalarning ehtimolini baholadi.

Platforma hisob-kitoblariga ko'ra, mavsum boshlanishi arafasida "PSJ", "Real" va "Bavariya" musobaqaning asosiy favoritlari sifatida qayd etilmoqda. Ularning Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish ehtimoli 14 foizdan baholangan.

Keyingi o'rinda esa Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi qayd etilgan — uning turnirda g'olib chiqish ehtimoli 13 foizga teng.

Qayd etish joiz, Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi — "Pari Sen-Jermen".

2026/27 yilgi Chempionlar Ligasi finali 2027 yil 5 iyun kuni Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting