locale OZ

Chempionlar ligasida \"Inter\" uch yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmasdan kelmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar ligasida "Inter" uch yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmasdan kelmoqda
Photo: gettyimages

Bir necha daqiqalardan so'ng Italiyaning Milan shahrida yevropa chempionlar ligasi yarim final bahslari doirasidagi “Inter Milan”-"Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bu ikki klub o'rtasidagi dastlabki o'yinda tomonlar 3:3 hisobidagi jangovor durang qayd etishdi. Javob uchrashuvidan oldin mezbonlarda biroz bo'lsada ustunlik bor, chunki milanliklar 2022 yildan beri chempionlar ligasining o'z uyidagi to'qnashuvlarida mag'lubiyat nima ekanligini bilmasdan kelmoqda.

Klub ohirgi marta 3 yil oldin “Bavariya”ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan. Shundan keyingi 15 uchrashuvning 12 tasida g'alaba qozonib, 3tasida durang qayd etgan va biror marta mag'lub bo'lmagan.

“Inter”-"Barselona" jamoalarining o'zaro ohirgi 5ta qarama-qarshiligi quyidagi ko'rinishga ega:

Yarim finalning dastlabki o'yinida esa, quyidagicha statistika qayd etilgan:

Chempionlar ligasi 1/2 final

"Inter" - "Barselona"

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting