locale OZ

«Chelsi» va «Bavariya» Kunde uchun da’vogar

Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Chelsi» va «Bavariya» Kunde uchun da’vogar
Фото: Getty Images

«Chelsi» «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde bilan yana qiziqa boshladi. London klubi o‘tgan yozgi transfer oynasida ham 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rgangan. Endilikda ingliz jamoasi qishki transfer oynasida ushbu transferni amalga oshirishga urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Myunxenning «Bavariya» klubi ham fransiyalik futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda. «Barselona» esa himoyachining transferi uchun kamida 50 mln yevro talab qilishi mumkin. Shunga qaramay, Kunderning o‘zi Kataloniya jamoasini tark etishni istamayapti.

27 yoshli himoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda beshta bahsda maydonga tushib, jami 261 daqiqa o‘ynagan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting