«Chelsi» ter Shtegenga qiziqish bildirmoqda
Londonning «Chelsi» klubi «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 33 yoshli nemis posboni Kataloniya klubini tark etishga tayyor. U asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotayotganini yaxshi anglab turibdi va 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan oʻyin amaliyotisiz qolishni istamayapti.
Xabar qilinishicha, «Barselona» ter Shtegenni ijaraga yoki toʻliq transfer asosida boshqa jamoaga sotishga qarshi emas.
Maʼlumot uchun, hozirda darvozabon bel jarohatidan tiklanish jarayonida. Uning «Barselona» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, posbonning bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.