«Chelsi» Rodrigo uchun 80 million yevro sarflashga tayyor
Futbolchining Madrid klubidan ketish ehtimoli yuqori.
ФОТО: Getty images
“Real” hujumchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Fichajes xabariga ko‘ra, braziliyalik forvardga “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” futbolchining transferi uchun 80 million yevro sarflashga tayyor. Futbolchining klubdan ketish ehtimoli yuqori. Chunki Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabi Rodrigoga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermayapti.
U joriy mavsum davomida bor-yo‘g‘i 441 daqiqa maydonda harakat qildi. Mazkur holat ortidan braziliyalik forvard faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist