locale OZ

“Chelsi” “Real” yulduzi uchun “dahshatli” taklif tayyorlamoqda

Braziliyalik futbolchi yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” “Real” yulduzi uchun “dahshatli” taklif tayyorlamoqda
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi vingeri Rodrigo Goes faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

AS nashrining xabariga ko'ra, “Chelsi” Rodrigoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Londonliklar futbolchi uchun “dahshatli” taklif tayyorlamoqda.

Qayd etilishicha, braziliyalik vinger va “Real” rahbariyati o'rtasida kichik tushunmovchiliklar sodir bo'lmoqda va futbolchi yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting