locale OZ

«Chelsi» oʻz tarkibini «Real» tarbiyalanuvchisi bilan kuchaytirmoqchi

Biroq bu transferga Madrid klubi toʻsqinlik qilishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» oʻz tarkibini «Real» tarbiyalanuvchisi bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pas transferi boʻyicha rasmiy soʻrov yubordi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, londonliklar rahbariyati 21 yoshli argentinalik futbolchining narxi yaqin yillarda 100 million yevrogacha oshishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Biroq «Chelsi»ga bu transferda «Real» toʻsqinlik qilishi mumkin. Sababi Pas «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Real» futbolchini 2026 yilda 9 million yevroga, yoki 2027 yilda 10 million yevroga qayta sotib olish huquqiga ega.

Maʼlumot uchun, Niko Pas joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting