locale OZ

“Chelsi” keyingi mavsum Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasidan birini tanlashi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” keyingi mavsum Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasidan birini tanlashi mumkin
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi Konferensiyalar Ligasida g'alaba qozonib, APL orqali Chempionlar Ligasiga yo'llanma olsa, keyingi mavsum ikki turnirdan birida qatnashishni (Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasi) tanlashi mumkin bo'ladi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, bu qoida Konferensiyalar Ligasida g'olib chiqqan nisbatan kuchsiz jamoalar uchun ishlab chiqilgan. Agar ular Chempionlar Ligasida ishtirok etishga ikkilanishsa, Yevropa Ligasi umumiy guruh bosqichiga yo'llanma olishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Konferensiyalar Ligasining hal qiluvchi final o'yini 28-may kuni Polshada bo'lib o'tadi. Unda “Chelsi” va “Betis” o'zaro to'qnash keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting