locale OZ

«Chelsi» ketma-ket sakkiz oʻyindan beri «Arsenal»ni magʻlub eta olmayapti

APLning 13-turida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» ketma-ket sakkiz oʻyindan beri «Arsenal»ni magʻlub eta olmayapti
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
30.11.2025, Yak.
Chelsi
1
Arsenal
1

London derbisida «Chelsi» va «Arsenal» 13-tur doirasidagi uchrashuvda durangga rozi bo‘lishdi — 1:1. Shu tariqa, «aristokratlar» raqibini ketma-ket sakkizinchi o‘yinda ham mag‘lub eta olmadi.

«Ko‘klar» oxirgi bor «kanonirlar»ni APLning 2021/2022-yilgi mavsumining 2-turida, Tomas Tuxel boshchiligida 2:0 hisobida yenggan edi.

O‘shandan beri besh bor «Arsenal» g‘alaba qozongan, uch marta esa durang qayd etilgan — barcha bahslar Angliya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan.

Enzo Mareska boshqaruvidagi «Chelsi» hozirda 24 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Mikel Arteta shogirdlari esa 30 ochko jamg‘arib, APL peshqadamligi saqlab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting