locale OZ

«Chelsi» ham Pas uchun kurashga qo‘shildi

"Real" ham sobiq futbolchisini qayta sotib olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» ham Pas uchun kurashga qo‘shildi
ФОТО: Getty images

Italiyaning "Como" klubida to‘p surayotgan "Real" klubi tarbiyalanuvchisi Niko Pas Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Caught Offside xabar berishicha, 21 yoshli xavbek xizmatiga Londondagi "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.

“Real” ham kelasi yil yozida Pasni shartnomasida ko‘rsatilgan qayta sotib olish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi "Como" safiga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting