locale OZ

«Chelsi» futbolchilari Xabi Alonsoning bosh murabbiy etib tayinlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda

Hozirda muzokaralar yakuniy pallaga kirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» futbolchilari Xabi Alonsoning bosh murabbiy etib tayinlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.05.2026, Yak.
Chelsi
2
Tottenhem
1

«Chelsi» futbolchilari Xabi Alonsoning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi borasidagi qarorni to‘liq ma’qullashdi. London klubi va mutaxassisning vakillari o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, jamoa a’zolari «Real» va «Bayer» sobiq murabbiyini klubni yana g‘alabalar yo‘liga qaytara oladigan ideal nomzod deb hisoblamoqda.

Londonliklar tarkibidagi futbolchilar yangi murabbiy kiyinish xonasida so‘zsiz nufuzga ega bo‘lishi kerakligiga aminlar. Alonsoning yorqin futbolchilik faoliyati va murabbiy sifatidagi katta muvaffaqiyatlari ushbu mezonga to‘liq javob beradi.

Hozircha rasmiy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, Alonso «Chelsi» direktorlar kengashining qisqa ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Mazkur ro‘yxatdan, shuningdek, Andoni Iraola, Marku Silva va Oliver Glasner ham joy olgan. Murabbiy tayinlash jarayoni Angliya kubogi finalidan so‘ng tezlashishi kutilmoqda. Alonso, o‘z navbatida, klubdan ma’lum kafolatlar, jumladan, transfer siyosatida ovoz berish huquqini talab qilmoqda. Klub rahbariyati uning yuqori statusini tan olgan holda, bu shartlarga rozi bo‘lishga tayyor ko‘rinadi.

Qayd etish joizki, ispan mutaxassisi 2026 yilning yanvar oyida «Real»dan ketganidan buyon ishsiz bo‘lib turgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting