“Chelsi” 100 million yevroga hujumchi sotib olmoqchi
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Kenan Yildiz faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Deadlinedaylive nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, turkiyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” 19 yoshli hujumchi uchun 100 million yevro to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, Kenan joriy mavsum A Seriyada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning turinliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.