locale OZ

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov «Buxoro» jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida viloyat rahbari jamoaning mavsum davomida namoyish etayotgan mazmunli o‘yini va ijobiy natijalaridan mamnun ekanini ta’kidladi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov «Buxoro» jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi
photo: Buxoro fk

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov «Buxoro» jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida viloyat rahbari jamoaning mavsum davomida namoyish etayotgan mazmunli o‘yini va ijobiy natijalaridan mamnun ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, viloyat rahbari jamoa erishayotgan natijalarda Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi murabbiylar shtabining alohida mehnati va fidoyiligi borligini qayd etdi. Murabbiylar shtabining to‘g‘ri yondashuvi, jamoaviy ruh va futbolchilarning mehnati bugungi ijobiy natijalarning muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.

Botir Zaripov jamoaga shu tempni saqlab, mavsumning qolgan qismida ham yuqori natijalar qayd etishini tiladi.

Futbolchilar esa o‘z navbatida har bir uchrashuvda maydonga faqat g‘alaba uchun chiqishlarini, “Buxoro” sharafini munosib himoya qilishlarini va mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlash uchun bor kuchlarini safarbar etishlarini bildirishdi.

Botir Komilovich uchrashuv yakunida, jamoamizning 5-sentabr kuni bo’lib o’tadigan muhim uchrashuviga omad va g’alabalar yor bo’lishini tiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting