locale OZ

Buxoro matbuoti: Paxtakorga qarshi bahs jamoamiz uchun ham, bizni qo‘llab-quvvatlagan minglab muxlislarimiz uchun ham og‘ir bo‘ldi

Buxoroliklar bu bilan to'xtab qolmoqchi emasligi haqida fikr bildirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoro matbuoti: Paxtakorga qarshi bahs  jamoamiz uchun ham, bizni qo‘llab-quvvatlagan minglab muxlislarimiz uchun ham og‘ir bo‘ldi
photo: Buxoro fk

29 oktabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida “Paxtakor”ga qarshi muhim va tarixiy o‘yin o‘tkazdik. Bu safar g‘alaba biz tomon bo‘lmadi. Bu lahza jamoamiz uchun ham, bizni qo‘llab-quvvatlagan minglab muxlislarimiz uchun ham og‘ir bo‘ldi.

Ammo final yo‘lning oxiri emas. Bu bosqich bizga katta tajriba, kuch va ishonch berdi. Ushbu yo‘l davomida ter to‘kildi, xarakter ko‘rsatildi va klub tarixi uchun yana bir muhim sahifa yozildi.

Biz bilan yelkama-yelka bo‘lgan barcha muxlislarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Stadionda bizga quvvat berganlarga, ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlab, har bir natijamizga befarq bo‘lmaganlarga, qalban biz bilan bo‘lganlarga — sizlar bizning kuchimizsiz. Siz bilan maydonga chiqqandek his qilamiz.

Mavsum davom etadi. Maqsadlarimiz o‘zgargani yo‘q. Ertaga bizni yana bir muhim uchrashuv — “Andijon”ga qarshi o‘yin kutmoqda. Jamoamiz tayyor, ruhimiz baland, oldimizda hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar ko‘p",-deb yoziladi klubning ijtimoiy tarmoqlarida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting