locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» safarda «Yunion» bilan durang oʻynadi

Myunxenliklar mavsumda ilk bor ochko yoʻqotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» safarda «Yunion» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
08.11.2025, Yak.
Yunion
2
Bavariya
2

Germaniya Bundesligasining 10-turidan oʻrin olgan bahsda «Bavariya» safarda «Yunion Berlin» bilan toʻqnash keldi va soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi — 2:2.

Dastlab hisob 27-daqiqada Danilo Duki tomonidan ochildi. 38-daqiqada Luis Dias muvozanatni tikladi.

83-daqiqada Duki dubl qayd etgan boʻlsa, 90+3-daqiqada Harri Keyn myunxenliklarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, «Bavariya» joriy mavsumda ilk bor ochko yoʻqotdi, biroq 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Yunion» esa 12 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 10-tur

«Yunion» — «Bavariya» 2:2

Gollar: Duki (27, 83) — Dias (38), Keyn (90+3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting