locale OZ

«Bavariya» joriy mavsum ilk bor ochko yoʻqotdi

Myunxenliklar Bundesliganing 10-turida «Yunion» bilan durang oʻynadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» joriy mavsum ilk bor ochko yoʻqotdi
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
08.11.2025, Yak.
Yunion
2
Bavariya
2

Myunxenning «Bavariya» klubi joriy mavsumda ilk bor ochko yoʻqotdi. Vensan Kompani shogirdlari Bundesliganing 10-turida «Yunion Berlin» mehmoni boʻlib, 2:2 hisobida durang oʻynadi.

Bu oʻyinga qadar myunxenliklar barcha turnirlar doirasida 16 ta oʻyinda 16 gʻalaba qayd etgandi:

9 ta — Bundesligada,

4 ta — Chempionlar ligasida,

2 ta — Germaniya Kubogida,

1 ta — Germaniya Superkubogida.

Ushbu durangdan soʻng «Bavariya» Bundesligada 28 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. «Yunion» esa 12 ochko jamgʻargan holda 10-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting