Bugun O‘zbekiston final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
19 may kungi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da Jiddada bo‘lib o‘tadi.
Фото: ЎФА
Bugun, 19 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim final uchrashuvida maydonga tushadi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoa final yo‘llanmasi uchun Yaponiya bilan bahs olib boradi.
Chorak finalda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Yaponiya o‘smirlari esa yarim finalga Tojikistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgan holda yetib keldi.
Bellashuv bugun, 19 may kungi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da Jiddada bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi sohibi O‘zbekiston terma jamoasi hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist