Bu qoidalar Diogu Jotani hayotda qoldirishi mumkin edi


Qozog‘istonlik avtopoygachi Oleg Xridochkin Sports24.kz nashriga bergan intervyusida “Liverpul” va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Diogu Jotaning halokati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, haydovchilarga hayotni saqlab qolish uchun muhim maslahatlar berdi.
«Eng muhimi — xavfsizlikka befarq bo‘lmaslik. Rulda turib har bir harakat ahamiyatli. Hech qachon xavfsizlik kamarisiz harakatlanmang — hattoki yo‘l bo‘sh, manzil yaqin bo‘lsa ham. Tezlikni cheklash erkinlik emas, mas’uliyat masalasi.
Ularning Lamborghini kabi yuqori texnologiyali avtomashina haydagani ham afsuski, halokatning oldini ola olmadi. Hattoki bunday auto ham beparvolik oldida ojiz. Rul bilan o‘ynash, mashinaning imkoniyatlarini ko‘rsatishga urinmoq — xavfli. Hayot videouyin emas — bu yerda “qayta boshlash” tugmasi yo‘q.
Rulga ongli va hushyor holda o‘tirish kerak. Bu nafaqat sizning, balki atrofdagilarning ham hayotini belgilaydi. Ushbu fojia hammamizga eslatma bo‘lsin: ehtiyotkorlik — tanlov emas, majburiyat. Halok bo‘lganlarga Alloh rahmat qilsin», — dedi Xridochkin.
Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, fojia sababi sifatida shina portlashi ko‘rsatilgan. Undan so‘ng mashina yonib ketgan va Diogu Jota hamda uning ukasi Andre voqea joyida halok bo‘lishgan.
«Agar shina qizib ketgan yoki shikastlangan bo‘lsa, u har qanday paytda portlashi mumkin. Biz trekda har bir zahmatni texnik ko‘rikdan boshlaymiz. Odatda yo‘lda bunga e’tibor berilmaydi — va bu katta xato. Trekda sen millisekundlar uchun kurashasan, yo‘lda esa — hayot uchun», — deya qo‘shimcha qildi avtopoygachi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu halokat 3 iyul kuni Ispaniyaning Samora viloyatida sodir bo‘lgan.

Futbol
Kecha da 17:12

Futbol
Kecha da 14:05

Futbol
Kecha da 11:42