«Brentford» Shusterni transfer qilganini e’lon qildi
19 yoshli futbolchi 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.
Фото: Brendford
Angliyaning "Brentford" klubi rasmiy sayti orqali avstriyalik himoyachi Yannik Shuster bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. U RB Zalsburg jamoasidan transfer qilindi.
19 yoshli futbolchi 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi. Shuningdek, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Markaziy himoyachi joriy mavsumda "Zalsburg"ning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamladi. U barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Avstriya U-21 terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Shuster bu mavsumda Yevropa Ligasida ham uch marta ishtirok etdi. Jumladan, u Angliya Premer-ligasi vakili Aston Villaga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgani ta’kidlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist