locale OZ

Botir Zaripov «Buxoro» futbol klubi futbolchilari bilan uchrashdi

Jamoa Osiyo futbol konfederatsiyasi tasarrufidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Botir Zaripov «Buxoro» futbol klubi futbolchilari bilan uchrashdi
Фото: Бухоро ПФК

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ”Buxoro” futbol klubi futbolchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda jamoamizning Super ligadagi muvaffaqiyatli ishtiroki, futbolni rivojlantirish va Buxoro futbolining nufuzini yanada oshirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Viloyat rahbari jamoamizga kelgusidagi bahslarda omad tilab, “Buxoro” futboli nafaqat respublikamiz, balki xalqaro miqyosda ham munosib namoyon bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Futbolchilar esa viloyatimizda futbol sport turiga va bosh jamoamizga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.

Ayni paytda “Buxoro” futbol klubi Superliga turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, jamoamiz yaqinda OFK litsenziyasini qo‘lga kiritib, 2026/2027-yilgi mavsumda Osiyo futbol konfederatsiyasi tasarrufidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting