«Borussiya Dortmund» «Barselona» himoyachisi Ektor Fortga qiziqish bildirmoqda
«Barselona»ning 20 yoshli himoyachisi Ektor Fort faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
photo: gettyimages
«Borussiya Dortmund» «Barselona» himoyachisi Ektor Fortga qiziqish bildirmoqda
«Barselona»ning 20 yoshli himoyachisi Ektor Fort faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Sky Sport Deutschland nashri xabariga koʼra, Dortmundning «Borussiya» klubi ispaniyalik futbolchini «Komo»ga oʼtib ketgan Yan Koutoning oʼrinbosari sifatida koʼrib chiqmoqda.
Dortmundliklar yosh himoyachining oʼyinlarini sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda va u haqida batafsil maʼlumot toʼplashgan.
Fort oʼtgan mavsumni arenda asosida «Elьche» klubida oʼtkazdi. U La Liga doirasida 14 ta oʼyinda maydonga tushib, oʼz hisobiga 2 ta gol yozib qoʼyishga erishgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor