locale OZ

“Borussiya D” “Barselona”ga: “Endi bu turnirda g'alaba qozoning!”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Borussiya D” “Barselona”ga: “Endi bu turnirda g'alaba qozoning!”
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi Chempionlar Ligasi chorak finalida Dortmundning “Borussiya”sini ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:3 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'llanma oldi.

O'yindan so'ng ikki klubi X ijtimoiy tarmog'ida bir-birlariga omad tiladi.

“Siz bizga qarshi o'yinda jiddiy qiyinchilik tug'dirdingiz, yaxshi raqobat bo'ldi. Mavsumning qolgan qismida omad tilaymiz, keyingi safar ko'rishguncha”, - deb post qoldirdi kataloniyaliklar.

“Endi bu turnirda g'alaba qozoning!”, - deb unga izoh qoldirdi Dortmund klubi.

Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi dastlabki bahs 4:0 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo'lgan. Ikkinchi o'yinda esa “Borussiya” 3:1 hisobida g'alaba qozondi (umumiy 5:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting