locale OZ

«Bizning kumirimiz». Vinisius Neymarning 2026 yilgi jahon chempionatidagi debyuti haqida

Neymar 76-daqiqada hujumchi Mateus Kunyani o‘rniga maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bizning kumirimiz". Vinisius Neymarning 2026 yilgi jahon chempionatidagi debyuti haqida
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasining qanot hujumchisi Vinisius Junior hujumchi Neymarning 2026 yilgi jahon chempionatidagi debyuti haqida fikr bildirdi.

Futbolchi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida Shotlandiyaga qarshi (3:0) bahsda zaxiradan maydonga tushdi. Neymar 76-daqiqada hujumchi Mateus Kunyani o‘rniga maydonga tushdi.

«Neymarning yana safda ekanini ko‘rish chinakam sehrli edi! U bizning kumirimiz, barchamiz uchun!» — deya Vinisiusning so‘zlarini taniqli jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Braziliya terma jamoasi etti ochko jamg‘arib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting