locale OZ

Birinchi bo'lim yakunlandi. \"Barselona\" 2:2 \"Inter Milan\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages

Ayni daqiqalarda Yevropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvlar doirasidagi Milanning “Inter” hamda Kataloniyaning “Barselona” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilikning birinchi bo'limi yakunlandi.

O'yinning 36 soniyasida “Inter”ning dastlabki hujumi shedevr gol bilan yakunlandi. Denzelning to'p uzatishidan so'ng, Tyuram tovoni bilan ohista zarba berib hisobni ochdi, 0:1.

Uchrashuvning 21 daqiqasida burchakdan oshirilgan topni Aserbi boshi bilan o'zidan qulayroq vaziyatda turgan Denzelga uzatdi va Denzelning o'zi bu safar qaychi usulida gol kiritib hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi, 0:2.

24 daqiqada “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal supergol kiritib oradagi farqni bittaga qisqartirdi, 1:2.

38 daqiqada kataloniyaliklar hisobni tenglashtirish orqali kambek amalga oshira olishdi. Bu safar Rafinyaning to'p uzatishidan so'ng, Ferran Torres qoyilmaqom harakati bilan darvozabonni ojiz qoldirdi, 2:2

Uchrashuvning 42 daqiqasida “Barselona” tarkibida majburiy o'zgarish amalga oshirildi. Kunde o'rniga Erik Garsiya maydonga tushirildi.

Chempionlar ligasi 1/2 final

"Barselona" 2:2 Inter

Gol: Tyuram 1, Dyumfris 21, Yamal 25, Ferran 38.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting