locale OZ

«Beshiktosh» ter Shtegen transferi borasida «Barselona» bilan muzokara boshladi

Istanbul klubi nemis posbonini qishki transferlar vaqtida ijaraga olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Beshiktosh» ter Shtegen transferi borasida «Barselona» bilan muzokara boshladi
FOTO: Getty Images

Turkiyning «Beshiktosh» klubi «Barselona» darvozaboni va jamoa sardori Mark-Andre ter Shtegenni qo‘lga kiritish maqsadida katalon klubining rahbariyati hamda futbolchining yaqinlari bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda Sports.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Istanbul klubi 33 yoshli nemis posbonini qishki transfer oynasida mavsum oxirigacha ijaraga olishni ko‘zlamoqda.

Turkiya klubi ter Shtegenning maoshining bir qismini o‘z zimmasiga olishga tayyor.

Ter Shtegen hozircha «Barselona»dagi kelajagi borasida yakuniy qaror chiqarmagan. Darvozabon jarohatdan tiklanish jarayonida davom etmoqda.

Uning katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting