locale OZ

Bernardu Silva «Real» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi (Romano)

Tomonlar barcha shartlar bo‘yicha kelishib oldi.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Bernardu Silva 'Real' bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi (Romano)
ФОТО: Getty images

"Manchester City"ning sobiq yarim himoyachisi "Real" safiga o‘tishga tayyor. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Tomonlar barcha shartlar bo‘yicha kelishib olgan, shartnoma allaqachon kelishilgan. Portugaliyalik futbolchi ikki yillik bitim imzolaydi va unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, "Real" ushbu transfer ustida taxminan 36 soat avval ish boshlagan va juda tez fursatda kelishuvni yakuniga yetkazgan. Shuningdek, Joze Mourinyo ham Bernarduni o‘z jamoasida ko‘rishni istagan, futbolchi esa "Real"ga o‘tishga rozilik bildirgan.

O‘tgan mavsumda Bernardu Silva barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting