locale OZ

Bernardu Silva kelajagi va «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum oxirida «Man Siti»ni tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva kelajagi va «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silva faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligi haqida gapirdi va «Barselona»ga o‘tishi borasidagi savolga javob qaytardi. Avvalroq portugaliyalik futbolchi mavsum yakunida ingliz klubini tark etishini tasdiqlagan edi.

«Men hamon o‘zimni raqobatbardosh his qila oladigan, eng yuqori saviyada to‘p surishda davom etadigan va oilam baxtli bo‘ladigan joyda o‘ynashni xohlayman. Menda ma’lum bir g‘oya va afzalliklar bor, ammo voqealar rivojini kuzatamiz.

«Barselona»? Aniq bir klublar haqida gapirishni istamayman. To‘g‘risi, qayerga borishimni hali o‘zim ham bilmayman. Agentimga 25 sentyabr kuni, «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan keyingi kun u bilan gaplashishimni aytdim. Shunchaki, bu yerdagi so‘nggi o‘yinlardan zavq olishni va bor e’tiborimni ularga qaratishni xohlayman. Bu yerda o‘tgan 9 yil ajoyib bo‘ldi. Faoliyatimni yana bir nechta chempionliklar bilan yakunlash ajoyib bo‘lardi. Hammasini chiroyli yakunlamoqchiman», — deya Bernardu Silvaning so‘zlarini keltirmoqda The Athletic.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting