locale OZ

Benzema: «Real»ning muammolaridan biri — futbolchilarga maslahat beradigan faxriylarning yetishmasligidir»

Fransiyalik hujumchi Madrid klubining hozirgi inqirozi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema: «Real»ning muammolaridan biri — futbolchilarga maslahat beradigan faxriylarning yetishmasligidir»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Karim Benzema jamoaning hozirgi tarkibida tajribali futbolchilar yetishmayotgani — aynan yosh o‘yinchilarga muammolarni ko‘rsatib, yo‘l-yo‘riq beradigan liderlar yo‘qligini ta’kidladi.

«„Real“ning yana bir muammosi shundaki, u yerda endi tajribali futbolchilar qolmadi — Mbappe, Bellingem, Vinisiusga yaqin kelib, ularga nima noto‘g‘ri ketayotganini aytib bera oladigan o‘yinchilar yo‘q», — dedi Benzema.

Eslatib oʻtamiz, Benzema 2009–2023 yillar oralig‘ida «Real» safida to‘p surgan. Bu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 648 ta o‘yinda ishtirok etib, 354 ta gol urgan va 155 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting