Benzema «Real»ga qaytishga tayyorligini aytdi
Fransiyalik futbolchi 2009 yildan 2023 yilgacha "Los-Blancos"da o'ynagan.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hujumchisi Karim Benzema "Real"ga qaytish haqida o'ylash yoki o'ylamasligi haqidagi savolga javob berdi.
Fransiyalik futbolchi 2009 yildan 2023 yilgacha "Los-Blancos"da o'ynagan. "Real" bilan Karim to'rt marta Ispaniya chempionati, uch marta Ispaniya kubogi va besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
"Real Madridga qaytishmi? Agar Florentino Peres hali ham u yerda bo'lsa, bu sodir bo'lishi mumkin. Men unga hech qachon "yo'q" demayman. Men madridistman. O'zimni shunday his qilyapman. Madrid hali ham mening shahrim. Ko'ramiz, kelajakda nima bo'lishini", - dedi Benzema.
Eslatib o'tamiz, Benzema 2022 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist