locale OZ

«Benfika» Mourinyu uchun «Real»dan kattagina pul undirib olmoqchi

Portugallar Madrid klubi prezidentlik saylovlaridan foydalanmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» Mourinyu uchun «Real»dan kattagina pul undirib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Joze Mourinyuning Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga tayyinlanishi «qirollik klubi»dagi prezidentlik saylovlari sabab kechikmoqda. Lissabonning «Benfika» klubi esa ushbu kechikishdan unumli foydalanib, portugaliyalik mutaxassisning shartnomasini muddatidan avval bekor qilgani uchun koʻproq kompenzatsiya olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, Mourinyuning amaldagi shartnomasida alohida band bor: u 26 mayga qadar 7 million yevro evaziga «Benfika»ni tark etishi mumkin. Agar bu muddat oʻtib ketsa, mazkur band oʻz kuchini yoʻqotadi va «Real» kompenzatsiya miqdori boʻyicha Lissabon klubi bilan qaytadan, ularning shartlari asosida muzokara olib borishga majbur boʻladi.

Shunisi aniqki, «Real» bilan bogʻliq vaziyat qanday yakunlanishidan qatʼi nazar, Mourinyu «Benfika»da qolmaydi. Uning klub bilan 2027 yilgacha shartnomasi boʻlsa-da, portugaliyalik mutaxassis ketishga qatʼiy qaror qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting