locale OZ

«Benfika» Joze Mourinyuga munosib oʻrinbosar topib qoʻydi

Portugaliyalik mutaxassis tez orada «Real» bosh murabbiyiga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» Joze Mourinyuga munosib oʻrinbosar topib qoʻydi
FOTO: Getty Images

Lissabonning «Benfika» klubi bosh murabbiy Joze Mourinyoning jamoadan ketish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda va unga munosib o‘rinbosar qidirishni boshladi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, klub ushbu lavozimga Angliyaning «Fulhem» klubi ustozi Marku Silva nomzodini asosiy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Mourinyo va Madridning «Real» klubi rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. Shu sababli «Benfika» yangi mutaxassis topish masalasini tezlashtirishga majbur bo‘lmoqda. Marku Silvaning «Fulxem» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi va u uzaytirilmaydi, bu esa uning Portugaliya klubiga o‘tish imkoniyatini oshiradi.

Ta’kidlash joizki, Silvaga bir nechta nufuzli jamoalardan qiziqish bor. Xususan, u Liam Rosenyor ketganidan keyin hali yangi murabbiy tayinlamagan Londonning «Chelsi» klubi uchun ham asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting