Bellinghem «Real» bilan shartnomasini uzaytiradi
Uning amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jude Bellinghem Madridning «Real» klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi «qirollik klubi» bilan hamkorlikni uzaytirishga juda yaqin turibdi. Yangi shartnoma 2032-yilgacha amal qilishi kutilmoqda.
Jude «Real» safiga 2023-yil yozida qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bellinghem ushbu bahslarda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.