locale OZ

«Bavariya» Upamekano bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo himoyachi «Real»ga oʻtishni afzal koʻrmoqda

Nemis grandi himoyachini jamoada saqlab qolmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Upamekano bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo himoyachi «Real»ga oʻtishni afzal koʻrmoqda
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z markaziy himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi. Biroq jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi faoliyatini «Real»da davom ettirishni asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.

Germaniya grandi fransiyalik himoyachini jamoada saqlab qolishni istaydi, ammo 27 yoshli futbolchi Ispaniya superklubiga o‘tishga ko‘proq moyillik bildirmoqda.

Shuningdek, Upamekanoga «Liverpul» va «PSJ» klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil o‘rtasigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting