locale OZ

«Bavariya» 2023 yildan beri ilk bor oʻz maydonida «Borussiya D»ni magʻlub etdi

Myunxenliklar joriy mavsum yuz foizlik natija qayd etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» 2023 yildan beri ilk bor oʻz maydonida «Borussiya D»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
18.10.2025, Yak.
Bavariya
2
Borussiya D
1

«Bavariya» Germaniya Bundesligasining 7-turida «Borussiya Dortmund»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa, myunxenliklar oʻz maydonida «asalarilar»ni 2023 yildan beri ilk bor yenga oldi.

Oʻshanda, ya’ni Germaniya chempionatining 2022/2023 yilgi mavsumining 26-turida «Bavariya» «Borussiya D» ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongandi.

Keyingi oʻyinlarda esa dortmundliklar dastlab Myunxen klubini 2023/2024 yilgi mavsumning 27-turida 2:0 hisobida magʻlub etgan, soʻngra jamoalar oʻtgan mavsumning 29-turida 2:2 hisobida durang oʻynashgan.

Mazkur gʻalabadan soʻng «Bavariya» 21 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Borussiya D» esa 14 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting