locale OZ

Bastoni «Inter»da qolishni istamoqda

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bastoni «Inter»da qolishni istamoqda
ФОТО: Getty images

“Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni jamoada qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, so'nggi haftalarda futbolchining ketish istagi ancha pasaygan. 27 yoshli Bastoni “Inter”da qolishdan mamnun, garchi unga “Barselona” tomonidan jiddiy qiziqish bo'lgan bo'lsa ham. Avvalroq milanliklar uni 50 million yevro evaziga sotishdan bosh tortib, yuqoriroq summa talab qilgan edi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hansi Flik futbolchining texnikasi borasida ayrim shubhalarini bildirgan.

Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting