Bashakshehir Qosimposhoni yirik hisobda mag'lub qildi, Shomurodovdan dubl
Turkiya chempionatining 31-turidan o'rin olgan Bashakshehir hamda Qosimposho jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilik 4:0 hisobida istanbulliklarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Eldor Shomurodov 5 va 87-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Bu uning Turkiya Superligasidagi 20-goliga aylandi.
Bu bahsda Eldor to‘liq o‘ynadi. Abbosbek Fayzullayev esa qaydnomaga ham kiritilmadi.
Shu tariqa, «Bashakshehir» ochkolari sonini 51 taga yetkazib, 5-o‘rinda bormoqda. «Qosimposho» esa 31 ochko bilan 13-pog‘onada.
Turkiya Superligasi. 31-tur
Bashakshehir — Qosimposho 4:0
Gollar: Shomurodov 5, 87, Yildirim 22, Zelke 82
Bashakshehir — Muhammed, Umar Ali (Bulut, 46), Duarte, Opoku, Kazimjon, Kemen, Umut (Ergun, 83), Yusuf Sari (Brnich, 60), Harit, Yildirim (Zelke, 60), SHOMURODOV.