«Barselona»ning qishki transfer maqsadi ma'lum
Klub sport direktori bu haqda ma'lumot berdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" sport direktori Deko klub qishki transfer bozorida faol ishtirok etish niyatida emasligini aytdi.
"Yozgi oynada biz xohlagan va qo'limizdan kelganini qildik. Ko'p o'yinchilarga yana maydonga tushish uchun vaqt kerak. Qishdagi shartnomalar bizning rejalarimizga kirmaydi", - deya portugaliyalikning so'zlarini keltiradi Cаdena Ser.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” ayni damda Ispaniya chempionatida 9 o'yindan so'ng 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. “Real Madrid” xuddi shunday o'yinlardan so'ng 24 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoalar keyingi bosqichda o'zaro El Klásikoda to'qnash kelishadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist