«Barselona»ning Kristensen bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum
Futbolchi “Barselona” tarkibida hozirgacha 88 ta o‘yinda maydonga tushgan.
ФОТО: Getty images
“Barselona” rahbariyati markaziy himoyachi Andreas Kristensenga oid qarorni qabul qilishda shoshilmayapti. Bu haqida Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, rahbariyat va murabbiylar shtabi 29 yoshli futbolchining o‘yini va professional munosabatidan mamnun.
Biroq kataloniyaliklar avvalo 2026/2027 yilgi mavsum uchun himoya chizig‘i tarkibini aniqlab olishni, shuningdek, transfer bozoridagi imkoniyatlarni baholashni rejalashtirmoqda.
Futbolchining o‘zi esa Kataloniya klubida qolishni istamoqda. Daniya terma jamoasi a’zosi “Barselona” tarkibida hozirgacha 88 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist