locale OZ

“Barselona”ga qarshi o'yin oldidan “Borussiya Dortmund” jiddiy yo'qotishga uchradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”ga qarshi o'yin oldidan “Borussiya Dortmund” jiddiy yo'qotishga uchradi
FOTO: Getty Images

Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Niko Shlotterbek chap tizzasidan og'ir jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Nikoning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish. U jamoaning muhim a'zosi va joriy mavsumdagi barqaror o'yini bilan barchani lol qoldirdi. Umid qilamizki, u tezda tuzalib ketadi”, - deydi dortmundliklar sport direktori Sebastyan Kehl.

Ma'lumot uchun, Shlotterbek joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub o'zining navbatdagi o'yinini 9-aprel kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting