locale OZ

«Barselona» yozgi transferlarni moliyalashtirish uchun 210 million yevro miqdorida kredit olmoqchi

Rahbariyatda muhim deb hisoblangan futbolchilarni tarkibga qo‘shib olish uchun bu mablag‘ juda zarur degan tushuncha bor.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
«Barselona» yozgi transferlarni moliyalashtirish uchun 210 million yevro miqdorida kredit olmoqchi
photo: gettyimages

«Barselona» yozgi transferlarni moliyalashtirish uchun 210 million yevro miqdorida kredit olmoqchi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Ta’kidlanishicha, klub mablag‘ tanqisligini boshdan kechirmoqda va shu sababli kelasi mavsum uchun kutilayotgan daromadlar hisobidan mablag‘ jalb etishga qaror qilingan.

Rahbariyatda muhim deb hisoblangan futbolchilarni tarkibga qo‘shib olish uchun bu mablag‘ juda zarur degan tushuncha bor. Klubning rejalariga ko‘ra, bu mablag‘ Xulian Alvares, Karim Adeyemi va Joau Kanselularni transfer qilish uchun ishlatilishi kutilmoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting