locale OZ

“Barselona” YChL'ning keyingi mavsumida ochkolardan mahrum qilinishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” YChL'ning keyingi mavsumida ochkolardan mahrum qilinishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi moliyaviy qoidalarni buzganligi uchun Chempionlar Ligasining keyingi mavsumida UEFA sanksiyalariga duch kelishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromadni noto'g'ri hisoblab, Yevropa futboli qoidalarini buzishda davom etmoqda.

2024-yilning kuzida “Barselona” bunday qoidabuzarliklar uchun 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. Klub bu qaror ustidan Sport arbitaj sudiga (CAS) shikoyat qilgan, biroq apellyatsiya rad etilgan.

Moliyaviy feyr-pley qoidalarini qayta buzgan taqdirda, “Barselona” keyingi mavsumda Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida bir necha ochkodan mahrum qilinishi, shuningdek, turnirdagi ishtiroki uchun tarkibining bir qismini yo'qotishi mumkin.

Ma'lumot uchun, “Barselona” o'tgan mavsum Ispaniya chempioni bo'ldi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini ham qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting