locale OZ

«Barselona» Xamza Abdelkarim bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Barselona Xamza Abdelkarim bilan shartnomani uzaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

Barselona hujumchi Xamza Abdelkarim bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Kataloniya klubi 18 yoshli misrlik futbolchi va uning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Barselona Abdelkarimga yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Shuningdek, klub amaldagi kelishuvda ko'rsatilgan 15 million yevro miqdoridagi tovon puli bandini olib tashlashni rejalashtirmoqda. Ayrim xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar kelajakda ushbu bandni sezilarli darajada oshirishni ham ko'rib chiqmoqda.

Biroq hozircha tomonlar yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Muzokaralar davom etmoqda. Xamza mavsumoldi yig'inlarida jamoaning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo'lib, 5 ta o'yinda 4 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting