locale OZ

«Barselona» Vlahovichni sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Vlahovichni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzette dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi 25 yoshli futbolchini foydali taklif bo‘lsa, sotishga tayyor. Klub transfer oynasi yopilguniga qadar top-klublardan Vlahovich bo‘yicha murojaat kelishiga umid qilmoqda.

Dushan o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting